Fri. May 24th, 2024

Savol: Oilam bilan ajrashganman qonuniy. Ikki nafar farzandim onasi bilan turadi. Sobiq xotinim turmushga chiqkan. Bolalarimga aliment to‘layapman. Uylanganman. Ikki nafar farzandim bor. Aliment miqdorini o‘zgartirishim mumkinmi?

Javob: Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Demak, aliment bola voyaga yetgunga qadar, ya’ni 18 yoshgacha to‘lanadi.

Shuni alohida aytish kerak, voyaga yetmasdan turib to‘liq muomala layoqatiga ega ekanligi (mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi) sud qarori bilan tasdiqlansa, yoki ayolning boshqa nikohga o‘tishi munosabati bilan bolaning nasabi o‘zgartirilsa, (bunda bola yangi oilasidagilar tarafidan farzandlikka olingan hisoblanadi) aliment to‘lash harakatlari tugatilishi mumkin.

Demak, sobiq turmush o‘rtog‘ingiz boshqaga qonuniy nikohni rasmiylashtirigan bo‘lsa alimentni tugatish talabi bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar sud tomonidan rad javobi berilgan takdirda boshqa farzandlaringiz kam ta’minlanib qolayotganligini asos qilib aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritishga huquqingiz bor.