Mon. May 13th, 2024

Adabiyot bayrami doirasida Qo‘qon musiqali drama teatrida O‘zbek adabiyoti namoyondalari Zavqiy, Husayn Shams, Amin Umariy xotirasiga bag‘ishlangan hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Kommuna Olimova tavalludiga 90-yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy uchrashuv o‘tkazildi.

Mamlakatimizning taniqli shoir va yozuvchilari, viloyat va shahar darajasidagi rasmiylar, adabiyot ihlosmandlari Qo‘qon shahridan yetishib chiqgan zabardast ijodkorlar, ko‘p yillik tarixga ega Qo‘qon adabiy muhiti hususida so‘z yuritib, o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib eshittirdilar.

Minglab turli yoshdagi tomoshabinlar, nuroniylar, yoshlar, turli kasb egalari, adabiyot ihlosmandlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda, dolzarb mavzulardagi sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.

Kommuna Olimova ijodi ihlosmandlari serqirra ijodqorni qutlab, gulchamabarlar tuhfa etdi va samimiy tilaklarini bildirdilar.