33-“Sobir Abdulla” mahallasidagi Farovonlik ko‘chasi, 15-uyda istiqomat qiladigan Naziraxon Maxmudova besh kam yuzga kirgan. Qarilik va hastaliklar tufayli onaxon qo‘ni qo‘shnilar bilan muloqot qilish, toza havodan sayr qilish imkoniyatidan mahrum edi.
Kuni kecha mahalla raisining murojaatiga asosan Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qo‘qon bo‘limi boshlig‘i Burxonjon Mamadjonov tomonidan Naziraxon Maxmudova nogironlik arvachasi topshirildi.
“G‘ishtko‘prik” mahallasi, Sarboz ko‘chasi, 11-uyda yashovchi Zulayxo Qosimovaga o‘tkazilgan og‘ir jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng II-guruh nogironligi berilgan edi. O‘zgalar ko‘magida ham harakatlanishi og‘ir bo‘lib qolgan ayolning muammosi Qo‘qon shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan o‘rganilib, kuni kecha nogironlik aravachasi topshirildi.