Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi keng nishonlandi. Bayram tadbiri shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, shahar faollari, nuroniylar, huquq-tartibot idoralari, korxona-tashkilotlar vakillari, ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida o‘tdi.

Shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov barchani Bosh Qomusimizning 27 yillik tantanalari bilan samimiy qutladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mazmun-mohiyati va jamiyatimiz rivojidagi ahamiyatiga keng to‘xtaldi.

Tadbirda shahar madaniyat bo‘limi, bolalar musiqa va san’at maktablari, san’at oliygohi vakillari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Yurt tinchligi, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Harbiylarning chiqishlari ham bayramga fayz bag‘ishladi.