Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi 45-“Ashurali Zohiriy” mahallasida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. “Minnavarjon xoum tekstil” korxonasi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ihtisoslashgan. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar Qozog‘istonga eksport qilinmoqda.

Marufjon Usmonov, mutasaddilar ishtirokida, korxona rahbariyati va ishchilar bilan muloqotda bo‘lib, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi. Mutasaddilarga korxona hududidagi yer maydonidan ham samarali foydalanish, korxona ishchi xizmatchilari bilan munosabatlar Mehnat kodeksi asosida rasmiylashtirilishini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Har qanday faoliyat amaldagi qonunchilik asosida tashkil etilsagina ish beruvchi va ishchilarning manfaatlari to‘liq ta’minlanadi”, dedi, shu jumladan Marufjon Usmonov.