Zarina Norboeva, Qarshi davlat universiteti talabasi:
— Yangilanayotgan Konstitusiyaning 79-moddasida davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ekologik huquqlarining himoya qilinishini ta’minlaydi, deya belgilanmoqda.
Demak, biz yoshlarning ta’lim olishimiz, sog‘ligimiz haqida qayg‘urishimiz, uy-joyga ega bo‘lishimiz, ishga joylashish va bandligimiz hamda dam olishga bo‘lgan huquqlarimiz qonuniy jihatdan kafolatlanadi.
Men o‘z taqdirim va kelajagimga befarq emasman. 30 aprel’ kuni referendumda ishtirok etaman va barcha yoshlarni faol bo‘lishga chorlayman.