Sun. Jul 14th, 2024

Hamshiralar kuni munosabati bilan Qo‘qon tibbiyot kollejida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Kollej talabalari o‘rtasida turli bellashuv va konkurslar o‘tkazildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar hamshiralik kasbini mehr-oqibat ulashuvchi, bemorga ishonch va kuvonch ato etuvchi sehrli va shu bilan birga mas’uliyatli kasb ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan birlamchi tibbiy tizim xodimlarini malakasini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘zladilar.

 

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.