Mon. May 13th, 2024

14-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

♻️ Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 14-maktab hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Xususan, maktab hududida pal’ma, magnoliya, akasiya kabi manzarali daraxt va ekinlar, anor, bexi, gilos kabi mevali daraxtlar, globus, xrizantema, shamshod kabi manzarali gullar ekilmoqda.

 

👨‍🏫 O‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ta’lim muassasasiga estetik go‘zallik baxshida etish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga 100 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.

 

Shahar hokimi yangi barpo etilgan sport maydonchasi, maktab hududidagi yo‘laklarni ham ko‘zdan kechirib, jixozlash ishlarini jadallik bilan nihoyasiga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.