Hurmatli hamshaharlar o‘qotar qurollaringizni topshiring!

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-04-05 | 18:27h
update
2024-04-05 | 18:27h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248–moddasiga asosan tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, barcha hamshaharlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu yilning 17 fevralidan o‘qotar qurollar, o‘q dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish moddalarini o‘z ixtiyori bilan kelib topshirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Advertisement

O‘qotar qurollarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolarga ushbu qurollarning narxi (qiymati) to‘lab beriladi.

Fuqarolarimiz noqonuniy saqlanayotgan qurollarini Qo‘qon shahar IIO FMB(gorotdel)ga topshirishlari yoki hududlaridagi profilaktika inspektorlariga, mahalla raislariga, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari Qo‘qon shahar bo‘limlariga, Yoshlar ittifoqi Qo‘qon shahar Kengashiga murojaat etishlari mumkin.

Murojaatlar uchun aloqa telefonlari:

73 542 20 02

73 542 62 30

94 554 04 00

91 143 13 31

90 506 36 16

90 566 79 19

“Keyingi pushaymon, o‘zingga dushman”, deydi dono xalqimiz. Yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, ertaga qonun oldida javobgar bo‘lish, farzandlaringizning jinoyatga qo‘l urishi yoki jinoyat qurboni bo‘lishining oldini bugun oling!

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
05.04.2024 - 18:28:19
Privacy-Data & cookie usage:

Warning: fopen(/home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/temp-amp/87ae2ec06f3221e757ef04977c4f210e__amphtml.txt): failed to open stream: Disk quota exceeded in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 292

Warning: fwrite() expects parameter 1 to be resource, boolean given in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 293

Warning: fclose() expects parameter 1 to be resource, boolean given in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 294

Warning: A non-numeric value encountered in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 555