Qo‘qon shahridagi mahallalarda ham Mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-04 | 22:50h
update
2024-05-04 | 22:50h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Tadbirga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari ham tashrif buyurib, mahalla aholisini bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan xalqparvar siyosat, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida fuqarolarni ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Kuni kecha davlatimiz rahbarining farmoniga asosan “Shuxrat” medaliga sazovor bo‘lgan 51-“Zilol” mahallasi raisi Muniraxon Botirova mahalla tizimida samarali faoliyatni tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir so‘nggida mahalla hayoti va jamoat ishlaridagi faolligi uchun bir qator ayollar “O‘rganjibog‘” mahallasining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
04.05.2024 - 22:51:08
Privacy-Data & cookie usage: