Prezident maslahatchisi Qo‘qon shahrida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlarni o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovich Qo‘qon shahrida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb va hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Baxtiyor Islamov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida 7-bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 26-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi to‘garaklar, Qo‘qon Mexanika zavodi qoshidagi kasb va hunarga o‘qitish maktabidagi o‘quv jarayoni bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.