Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sanoat bozorlari hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mutasaddilarga bozor hududida jamoat tartibini saqlash, kuzatuv kameralarini doimiy ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Shu yerning o‘zida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ham o‘rganilib, mutasaddilarga ularni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Shahar hokimi bozor hududida ishlab chiqarish korxonasini tashkil etgan tadbirkorning faoliyatini ham o‘rganib, tikuvchilik korxonasiga ijtimoiy ro‘yxatga kiritilgan ishsiz ayollarni jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorning muammolarini o‘rganib, korxonani kengaytirish bo‘yicha murojaatini ijobiy hal etdi.