Qo‘qonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yiligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-09 | 04:10h
update
2024-05-09 | 04:10h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 7-bolalar san’at va musiqa maktabida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi maktab foyesida tashkil etilgan hunarmandchik va amaliy san’at ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Maktab murabbiylari say’-xarakatlari bilan tashkil etilgan milliy ansambl’ ijrochilari bilan suhbatda bo‘ldi.

Advertisement

 

Tadbirning badiiy qismida Qo‘qon shahar hokimi Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan buyuk bobokalonimizning ijodiy me’rosini keng targ‘ib etish, yoshlarni ajdodlarimizga hurmat, milliy an’analarimizga sadoqat ruxida tarbiyalashga ko‘rsatilayotgan e’tibor xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

Tadbirda Marufjon Usmonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Maorif a’lochisi Atxamjon Mamayusupovga “Madaniyat fidokori” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Sohadagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik izxor etib, to‘n kiygizdi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
09.05.2024 - 04:11:02
Privacy-Data & cookie usage: