Qo‘qon shahridagi maktablarda o‘quvchilarga bepul ovqat beriladi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-15 | 15:27h
update
2024-05-15 | 15:27h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga davlatimiz rahbari tomonidan maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha belgilab bergan vazifalariga asosan o‘quvchilarni bepul tushlik bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar taomnomasini dietologlar ishtirokida ishlab chiqish, yoshlarning salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni olib borish, o‘quvchilar iste’mol qilayotgan ovqatlarni yod tanqisligini oldini oluvchi biologik qo‘shimchalar va vitaminlar bilan boyitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Marufjon Usmonov yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga yo‘naltirish, maktab kutubxonlarini qiziqarli ilmiy-ommabop kitoblar bilan to‘ldirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan ham vazifalar belgilab berdi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
15.05.2024 - 15:28:25
Privacy-Data & cookie usage: