Qo‘qon shahridagi korxonalarda ham ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilmoqda

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-06 | 02:43h
update
2024-05-06 | 02:43h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Qo‘qon Biokimyo” korxonasida “Yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Korxona hududida loyiha doirasida ko‘p yillik, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. Ishchi xizmatchilar psixologik yuklamasini kamaytirish va hordiq chiqarishlari uchun yuzlab noyob ekinlardan tashkil topgan oranjereya ham tashkil etilgan. Oranjereyadagi akavarium va baseynlarda dekorativ baliqlar tomoshabinlarga hushkayfiyat bahshida etmoqda.

Marufjon Usmonov korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlarini o‘rgandi. Zarur miqdorda homashyo sotib olishdagi muammolar bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
06.05.2024 - 02:43:46
Privacy-Data & cookie usage: