Qo‘qon shahrida yangi maktab binosiga tamal toshi qo‘yildi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-07 | 17:18h
update
2024-05-07 | 17:18h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi natijasida “Nurafshon” mahallasi aholisining ko‘p yillik orzulari ushaldi.

8,7 milliard so‘mlik loyihada 330 o‘rinli o‘quv binolari, sport inshootlari, futbol, voleybol maydonchalari eng zamonaviy ko‘rinishdagi maktab qurilishi nazarda tutilgan.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla aholisi, quruvchilar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ushbu maktab davlatimiz rahbarining ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori, sohadagi jadal islohotlarning amaldagi ifodasi bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.

Advertisement

Mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Marufjon Usmonov maktab poydevoriga yaxshi niyatlar bilan ilk g‘ishtlarni qo‘ydi.

Mahalla ahli duolarda yurtimizga tinchlik, davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik, qurilish ishlariga qut-baraka tiladilar.

Ayni paytda “Mash’al” qurilish korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlarda 50 nafar ishchilar va 15 ta maxsus texnika ishtirok etmoqdalar. Qurilish ishlari 2024-yilning Navro‘z ayyomiga nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
07.05.2024 - 17:19:02
Privacy-Data & cookie usage: