Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlar muhokama etildi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-05 | 18:40h
update
2024-05-05 | 18:40h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, mahalla tizimi mutasaddilari va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida shahrimizda sodir etilgan jinoyatlarni muhokama etdi.

Muhokama chog‘ida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyatiga baho berilib, bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, aholining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, fuqarolar o‘rtasida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, korxonalarga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, tadbirkorlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida biznes bilan shug‘ullanish uchun berilayotgan imtizlar xususida xabardor etish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
05.05.2024 - 18:41:09
Privacy-Data & cookie usage: