Qo‘qon shahrida “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosi doimiy nazorat ostida

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-07 | 22:56h
update
2024-05-07 | 22:56h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 51-“Zilol” mahallasida “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Dastur doirasida mahallada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, kapital ta’mirlash va qurilish ishlari, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish nazarda tutilgan.

Advertisement

 

Xususan, aholidan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 3500 metr uzunlikdagi ichki yo‘llar ta’mirlana boshladi. Ayni paytda, loyihalash va shag‘allashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda, stadion yonidagi piyodalar yo‘lagi qurilishi boshlandi.

 

Mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda 200 dan ziyod ishchi-xizmatchilar, 25 dan ziyod maxsus og‘ir texnikalar ishtirok etmoqda.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
07.05.2024 - 22:56:51
Privacy-Data & cookie usage: