Qo‘qon shahrida Mustaqillik bayram tadbiri Furqat bog‘ida o‘tkaziladi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-21 | 07:47h
update
2024-05-21 | 07:47h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Ayni paytda, bayram dasturi ssenariysi asosida, xonanda-sozandalar, badiiy jamoalar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, sahna bezaklari va badiiy illyuminasiyalar bo‘yicha mutahassislar tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

 

27-avgust kuni o‘tkazilishi kutilayotgan tantanalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari Qo‘qon shahar hokimining Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi shtabi yig‘ilishda diqqat markazida bo‘ldi.

Advertisement

 

Marufjon Usmonov bayram bo‘lib o‘tadigan maydonni obodonlashtirish, bayramona chiroqlar va mavzuga doir svetodiodli shakllar o‘rnatish, bayroqlar, sahna konstruksiyalari, monitorni tomoshabinlar va tadbirni yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qulay tartibda joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
21.05.2024 - 07:48:14
Privacy-Data & cookie usage: