Qo‘qon shahrida harbiy ixtisoslashtirilgan “Jasorat” markazi o‘z faoliyatini boshladi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-04-29 | 06:39h
update
2024-04-29 | 06:39h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov harbiy ixtisoslashtirilgan “Jasorat” markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda tashkil etilgan ta’lim tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va ular bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Advertisement

Markazda 51 nafar yoshlar, ta’lim dasturini o‘zlashtirish bilan bir qatorda, harbiy tayyorgarlik, kasb-hunarlarga o‘qitiladi. Markazdagi o‘quv dasturi bir oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim jarayoni internat shaklida tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchilar 3 mahal ovqat va yotoqxona bilan ta’minlanadi. Ixtisoslashtirilgan markazda yoshlar vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat ruxida tarbiyalanadi.

 

Mamlakatimiz rahbari ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligini ta’kidlab o‘tgan edi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarga yo‘llagan tabrigida Prezidentimiz “Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom, Ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatimizni to‘liq safarbar etamiz”, deb alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Qo‘qon shahrida foydalanishga topshirilgan “Jasorat” markazining faoliyati ham aynan shunnday maqsadlarga yo‘naltiriladi.

 

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
29.04.2024 - 06:39:51
Privacy-Data & cookie usage: