Qo‘qon shahrida faol o‘quvchilar va ta’lim sohasi fidoiylari taqdirlandi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-07 | 04:26h
update
2024-05-07 | 04:26h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor kirib kelayotgan yangi yil nomida ham o‘z aksini topganini ta’kidlab o‘tdi. Marufjon Usmonov “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” bilan barchani samimiy muborakbod etib, tinchlik-hotirjamlik, aholi dasturxoniga to‘kin-sochinlik, mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Advertisement

Mamlakatimiz va jaxonda o‘tkazilgan sport musobaqalari, viloyatimizda o‘tkazilgan olimpiada va ko‘rik-tanlovlarda yuqri natijalarga erishgan yoshlar va ularning ota-onalari Qo‘qon shahar hokimining Tashakkkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Marufjon Usmonov ta’lim ko‘rsatkichlari reytingida yuqori pog‘onalarni egallagan shahrimiz maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va boshqa mas’ullarga rag‘batlantiruvchi sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.

Bayram tadbirida yosh ijodkorlar tomonidan tayyorlangan baddiy dastur namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
07.05.2024 - 04:26:55
Privacy-Data & cookie usage: