Qo‘qon shahrida 200 nafar ishsiz ayollar tadbirkorlik sohasiga yo‘naltirildi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-10 | 08:57h
update
2024-05-10 | 08:57h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Xotin qizlarni ijtimoiy-siyosiy qo‘llab quvvatlash, ish bilan ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi shahar bo‘limi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyixa doirasida 200 nafardan ziyod ayol-qizlar tadbirkorlik sohasiga bepul o‘qitildi.

 

Kuni kecha navbatdagi seminar treninglarni muvaffaqiyatli yakunlab, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan 35 nafar ayol-qizlarga sertifikatlar topshirildi. Navbatdagi bosqichda ayol-qizlar seminarda olgan bilimlaridan foydalangan holda, tadbirkorlik faoliyatini boshlab, imtiyozli kredit mablag‘lari bilan ta’minlanadi.

Advertisement

 

Qo‘qon shahrida sektorlar kesimida xonadonma-xonadon yurish natijasida aniqlangan 1315 nafar ayol-qizlar tadbirkorlikka, 706 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi. Seminar treninglarda biznes ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 200 nafar ayollarga Xotin-qizlar jamg‘armasi hisobidan 680 million so‘m, “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida 2.2 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi.

 

Natijada yangi tashkil etilgan 200 ta tadbirkorlik sub’ektidan 4 tasi yirik tikuvchilik korxonasi bo‘lib, o‘z o‘rnida, mahallalardagi 700 dan ziyod ishsiz ayol-qizlarni ish bilan ta’minladi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
10.05.2024 - 08:58:23
Privacy-Data & cookie usage: