Qo‘qon shahar Kengashining sessiyasida sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-05 | 17:10h
update
2024-05-05 | 17:10h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, ichki ishlar Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 50 – sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahar Kengashi deputatlari, sessiyadagi masalalarga aloqador boshqa mutasaddi rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘qon shahridagi Xalq qabulxonasi mutasaddilarining shaharda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2022 yil 6 oyi davomida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlashning holati va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini hal etish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xisobotlarini o‘qib eshittirdilar.

Advertisement

 

Sessiyada shuningdek, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosarining Qo‘qon shahrida xizmat ko‘rsatishi sohasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish xususan ayolllar va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

 

Eksport xajmlarini oshirish, horijiy investisiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish hamda chet davlatlar bilan hududlararo hamkorlik samaradorligini oshirishga doir ishlar to‘g‘risida investisiya va tashqi savdo bo‘limining xisoboti ham o‘qib eshittirildi.

 

Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining 2022 yil 1-va 2-chorak ijrosi hamda 2-chorak taqsimoti to‘g‘risida Qo‘qon shahar moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Mansurxon Rasulovning hisoboti tinglandi.

 

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha bir necha deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Sessida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
05.05.2024 - 17:10:55
Privacy-Data & cookie usage: