Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi (video)

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-05-02 | 16:55h
update
2024-05-02 | 16:55h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Yutub videoxosting tarmog‘ida Qo‘qon shahar, Qiyalisoy ko‘chasi, 48-xonadonda yashovchi fuqaroning “Shavkat Mirziyoev meni aldashdi” sarlavhasi ostidagi murojaati yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi.

Advertisement

Bugungi kunga qadar Qiyalisoy ko‘chasi 48-xonadonda yashovchi fuqaro uchun 5 xonali uy, oshxona va sanitariya tizimlari beg‘araz yordam sifatida qurib berilmoqda. Ayni paytda, qurilish ishlari 80% bajarilgan va bu ishlarga 80 million so‘m mablag‘ sarflangan. Tom va pardoz ishlari, qurilish normalariga asosan davom ettiriladi. Ayni paytda, tom qismidagi ishlar uchun qurilish materiallari keltirildi.

Fuqaroning farzandi 19- bolalar bog‘chasiga joylashtirilib, bepul tahsil olmoqda. Fuqaroning qaynonasiga dam olish maskaniga bepul yo‘llanma ajratilgan.

Fuqaroning turmush o‘rtog‘i o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yhatdan o‘tkazilib, soliq badali shahar Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lab berildi. Bolalar nafaqasi uchun ariza qaytadan rasmiylashtirildi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
02.05.2024 - 16:56:46
Privacy-Data & cookie usage: