Qo‘qon shahar hokimi velomarafonda marraga birinchi bo‘lib yetib keldi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-04-28 | 23:06h
update
2024-04-28 | 23:06h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tayotgan “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoni doirasida o‘tkazilgan velopoygada 200 ga yaqin ishtirokchilar qatorida Qo‘qon shahar hokimi, universitet rektori va sektor rahbarlari ham 8500 metrlik masofani bosib o‘tdilar.

 

Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalarini kezib o‘tgan velosipedlar kolonnasi, ishtirokchilarni olqishlab turgan turli yoshdagi aholini ham o‘ziga jalb etdi.

Advertisement

 

Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish bilan bir qatorda, velomarafon “TechnoWays“ ishtirokchilarini Qo‘qon shahri bilan yaqindan tanishtirish, o‘zaro birodarlik rishtalarini bog‘lashdek ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

 

Velopoyga muhlislari olqishlari ostida finish chizig‘ini birinchi bo‘lib, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kesib o‘tdi. Shahar hokimi barcha ishtirokchilarga faollik uchun minnatdorchilik izhor etib, esdalik uchun birgalikda sur’atga tushdi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
28.04.2024 - 23:07:18
Privacy-Data & cookie usage: