Qo‘qon shahar hokimi futbol jamoasi bilan muloqot qildi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-04-29 | 16:01h
update
2024-04-29 | 16:01h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qo‘qon 1912 jamoasi, rahbariyat va muhlislar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan sportni rivojlantirish va keng ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor xususida ma’lumot berib, mavjud muammolar bilan qiziqdi.

Ayni paytda Markaziy stadionda keng qamrovli rennovatsiya ishlari olib borilmoqda, stadiondagi chim yangilandi, mashg‘ulotlar uchun yangi maydon barpo etilmoqda. Futbol klubi rahbariyati bu borada shahar hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘makni e’tirof etib, rennovatsiya ishlariga bag‘ishlangan videorolikni ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi.

Advertisement

Uchrashuv chog‘ida o‘tgan yili oliy ligaga chiqishi uchun atigi bir ochko yetmay qolgan Qo‘qon 1912 jamoasi navbatdagi mavsumda yuqori natijalarga erishishi uchun amalga oshirilgan tayyorgarliklar, transferlar xususida ma’lumot berildi.

O‘tgan mavsumda jamoga murabiiylik qilgan Muhsin Nizomiddinov joriy mavsumda ham o‘z faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilindi. Muhlislarga jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilar tanishtirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Markaziy stadionda olib borilayotgan ishlar nihoyasiga yetguniga qadar Qo‘qon 1912 jamoasi mezbonlik uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazadi. Uchrashuvlarga muhlislik qilish istagida bo‘lgan hamshaharlarimiz uchun bepul avtobuslar tashkil etiladi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
29.04.2024 - 16:02:23
Privacy-Data & cookie usage: