Mon. May 13th, 2024

Feysbukdagi “Qo‘qonim” guruhida “Degrezlik” mahallasi hududidagi ko‘cha yuzasidan qilingan murojaat bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi

Murojaatda ko‘tarilgan masala mutasaddilar tomonidan joyida borib o‘rganildi.

Mahalla hududida oqova tarmoqlari o‘tkazilayotgani, quvur o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetkazilgani aniqlandi.

Pudratchi tashkilot vakillariga qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqib ketish va asfal’t qoplamasini tiklash majburiyati bo‘yicha eslatma berildi.