10 dekabr’

O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun – Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-04-09 | 18:20h
update
2024-04-09 | 18:20h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir. Mustaqillikning ilk kunlaridan xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlari, ma’naviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qo‘shiqni qabul qilishga asosiy e’tibor qaratildi.

1992 yil 10 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo‘r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. 2010 yil 24 dekabrda mazkur qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, fuqarolarimiz, shuningdek, mamlakatimizda bo‘lib turgan boshqa shaxslar madhiyamizni hurmat qilishi shart.

Advertisement

Har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni kutib olar ekanmiz, ko‘z oldimizda yurtimiz manzaralari namoyon bo‘ladi. Uning har bir chuqur ma’noga ega satri, mardonavor ohangi kishini sehrlab qo‘yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissi jo‘sh uradi.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Xalqimiz omon ekan mustaqil mamlakatimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajak barpo etish sari odimlashda davom etadi, ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i – madhiyamiz xalqimiz, farzandlarimiz qalbidan chuqur joy olib, olam uzra baralla yangrayveradi. Bu qo‘shiq ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, bugunimizning qadriga yetishga, yangi marralarni zabt etishga undayveradi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
09.04.2024 - 18:21:08
Privacy-Data & cookie usage:

Warning: fopen(/home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/temp-amp/1e9f8644aabecf784131d59c521c4b69__amphtml.txt): failed to open stream: Disk quota exceeded in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 292

Warning: fwrite() expects parameter 1 to be resource, boolean given in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 293

Warning: fclose() expects parameter 1 to be resource, boolean given in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 294

Warning: A non-numeric value encountered in /home/qoqon/domains/qoqon.uz/public_html/wp-content/plugins/wp-amp-it-up/wp-amp-it-up.php on line 555