Jum. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar prokurori yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi

Shahar hokimligining Faollar zalida Qo‘qon shahar prokurori Jahongir Fozilovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda shahar prokurori mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hususida so‘zladi. Yoshlar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularni qiziqitirayotgan masalalar bilan qiziqdi.
Yoshlar ham o‘z navbatida Jahongir Fozilovdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Hususan, yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kredit olish tartibi, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda adolat va shaffoflikni ta’minlash masalalari uchrashuvda diqqat markazida bo‘ldi.
Shahar prokurori barcha savollarga batafsil javob berib, yoshlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.