Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Nov 9th, 2024

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash davlatimizning eng ustuvor vazifasidir.

Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 17 sentyabr’ kuni 585-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilib, bunda, o‘qish uchun to‘lov pullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 100 nafardan xotin-qizlar uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan; moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning kengashlari qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilandi.

Mazkur qaror bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom qoidalari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har o‘quv yilida tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga (kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Endi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan 75 nafar (har bir kursdan — 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab berishi belgilab berildi.

Bundan tashqari mazkur nizomga ko‘ra moliyaviy barqaror (byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha birlamchi xarajatlar qoplagandan so‘ng qoldiq mablag‘larga ega) davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bepul o‘qitib berilishi, keyingi ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillari uchun esa o‘z hududlaridagi tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari rasmiylashtirilishi belgilandi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

Ya’ni to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar; boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Bu qarorning eng asosiy farqli hamda e’tiborli jihati to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar yoki boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollarni ham o‘qishlari va oliy ma’lumotli bo‘lishlari uchun davlat e’tiborida ekanliklarini his qilishlari, jamiyatga o‘zlarining kelgusida egallagan kasbi bo‘yicha o‘z hisslarini qo‘shishiga ko‘mak berishdan iborat. Qolaversa o‘qishlarini tamomlaganidan so‘ng mahalliy hokimliklarga mazkur o‘qishni tamomlagan xotin-qizlarni ish joy bilan ta’minlash vazifasi topshirildi.

Talabgorlarni tanlab olish va ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mazkur Nizom asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur qaror bilan yurtimizda o‘qish uchun imkoniyati mavjud bo‘lmagan yoki sharoiti yo‘l qo‘ymaydigan ayol va qizlarimizni kelgusida o‘zining yoqtirgan kasbi bo‘yicha ta’lim olishlari hamda jamiyatda o‘zlarining jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini ekanliklarini his qilishlarini hamda o‘z hissalarini qo‘shishlariga imkon yaratadi.

Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud’yasi B.Sh.Mamadaliev                                         Sud’ya katta yordamchisi N.Yunusaliev                                                                               

Click to listen highlighted text!