Wed. Apr 24th, 2024

 

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan 11-oktyabr’ kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga o‘tkazilgan saylovlarda:

 

 

10-Isfara guzar saylov okrugida Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi umumiy bo‘lim boshlig‘i Mirmaqsudov Mirmaxmud G‘anievich

 

19-Saodat saylov okrugida “Qo‘qon biokimyo” AJ bo‘lim boshlig‘i Xoshimov Xoshimjon Malikjon o‘g‘li saylanganini ma’lum qilamiz.

 

Qo‘qon shahar saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil, 11 oktyabrda bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga to‘la muvofiq ravishda bo‘lib o‘tgan saylovlarda 6636 nafar saylovchi yoki ro‘yxatga kiritilgan saylovchilarning 84.7 foizi qatnashdi.

 

2020 yil 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari haqidagi okrug saylov komissiyalarining bayonnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20 va 97 – moddalariga muvofiq xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi qaroriga asosan 2020 yil 11 oktyabrda bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatligiga saylov o‘tgan deb hisoblandi.

 

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga
10-Isfara guzar saylov okrugidan saylangan Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi umumiy bo‘lim boshlig‘i Mirmaqsudov Mirmaxmud G‘anievich va 19-Saodat saylov okrugidan saylangan “Qo‘qon biokimyo” AJ bo‘lim boshlig‘i Xoshimov Xoshimjon Malikjon o‘g‘li ro‘yxatga olindilar.

 

Qo‘qon shahar saylov komissiyasi raisi Qahramon Nishanbaev

 

DOC shaklida Qo‘qon shahar saylov komissiyasi qarori