Xitoy xalq respublikasi, Sinzyan-Uyg‘ur avtonom hududida joylashgan Kuytun shahri ijodkorlari ko‘rgazmasi Qo‘qon shahridagi Buyuk Allomalar muzeyida ma’lum vaqt davomida namoyish etildi.
Kuytun shahri madaniyati, san’ati va hunarmandchiligi aks etgan galereya Qo‘qon va Kuytun shaharlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyada namoyish etilgan edi.
Shu kungacha, minglab hamshaharlarimiz va ayniqsa yoshlar, muzeyga tashkil etilgan ekskursiyalarda galereyani tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kuni kecha Kuytun shahri merining iltimosiga binoan, ushbu ekspozisiya Qo‘qon san’at va musiqa kollejiga tuhfa etildi. Ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash, Kuytun shahri madaniyati xususida Qo‘qonlik yoshlarni xabardor etish maqsadida amalga oshirilgan aksiyada Qo‘qon shahar hokimligi, madaniyat va san’at sohasi mutasaddilari va yoshlar ishtirok etdilar.