N.Yuldashev o‘zining murojaatida “Vodiy – Yo‘ldosh” MChJ tashkil etib, avtoturargoh xizmatini amalga oshirish uchun ish o‘rinlarini yaratganligi, Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi (qisqacha – YMFUK) bilan uning tashkiloti o‘rtasida Furqat ko‘chasidagi 760,0kv.m yer maydonidan foydalanish uchun “Ijara shartnomasi” tuzilganligi, lekin shahar hokimligi tomonidan faoliyatni amalga oshirish uchun to‘sqinlik qilinayotganligi haqidagi murojaati asossizdir.
Qo‘qon shahar hokimligining 01.05.2019y.gi 564-sonli qarori bilan “Qo‘qon dehkon bozori” AJga Qo‘qon shahar Furkat ko‘chasi bo‘ylab bozorga chegaradosh bo‘lgan hududdagi 760,0 kv.m yer maydonida vaqtinchalik avtomobillar to‘xtash joyi tashkil qilishga ruxsat berilgan.
Farg‘ona YMFUK tomonidan 10.01.2022 yil kuni N.Yuldashevning rahbarligidagi “Vodiy – Yo‘ldosh” MChJ bilan shartnoma tuzilib, mazkur MChJ ga aynan “Qo‘qon dehkon bozori” AJga berilgan yer maydoni ijaraga berilgan. Farg‘ona YMFUK tomonidan ijara shartnomasini tuzishdan oldin ijaraga berilayotgan joyning holati o‘rganilmagan.
Shundan so‘ng, Farg‘ona YMFUK tomonidan 2022 yilning 4 fevral’ ma’muriy sudga Qo‘qon shahar hokimning qarorini bekor qilish haqida da’vo ariza kiritilgan. Farg‘ona viloyat Ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasining 14.06.2022 yildagi qarori bilan o‘zgarishsiz qoldirilgan, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining 13.04.2022 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar YMFUKning da’vo arizasi qanoatlantirilib, Qo‘qon shahar hokimligining 01.05.2019 yildagi 564-sonli qarori bekor qilingan. Sud qarori qonuniy kuchida.
Sudning qarorini ijro etish, ya’ni avtoturargoh uchun ajratilgan yer maydonini javobgardan qaytarib olish vakolati sud qarorlarini ijro etish Departamentiga tegishlidir. Shahar hokimligi ijro jarayonida ishtirok etishga haqli emas.
Ushbu haqda Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan yuqori turuvchi hokimiyatga va tadbirkor N.Yuldashevga 2022 yil 22 iyun’ kuni 1686-sonli va 2022 yil 18 iyul’ kuni 1785-sonli xatlari berilgan.
Fuqaro N.Yuldashevga qonun talablari tushuntirilgan bo‘lsada, vakolatli organlarga murojaat qilishi o‘rniga hokimiyat organlaridan asossiz norozi bo‘lib, hokimiyat obro‘siga putur yetkazmoqda.