Wed. Dec 6th, 2023

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, viloyat va shahar sektorlari rahbarlari boshchiligida sodir etilgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in asoratlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya, harbiylar, barcha korxona, tashkilotlar, mahallalardan hasharchilar jalb etilgan.

Mutasaddilar savdo komplekslari hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar bilan muloqot qilib, joriy muammolarni hal etish choralarini ko‘rmoqdalar.