Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyi mudiri Abdulatif Turdialiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hursanoy Umarova, “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘qon shahar bo‘limi Manzur Abdullayevlar davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida madaniy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Qo‘qon shahrining qadimgi mahallalaridan birida yashab ijod qilgan Muqimiy hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdilar.
Qo‘qon musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan postanovkada Muqimiyning shaxsiy kechinmalari, ijodi bilan bir qatorda o‘sha davr muhiti ham spektaklga kelgan yuzlab tomoshabinlarga unutilmas taassurotlarni tuhfa etdi.