Qo‘qon shahrida 2023 yilning 1-mavsumida tashabbusli byudjet buyicha amalga oshirilgan va bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot.
Qo‘qon shahrida joriy yil 1-mavsumi uchun tashabbusli byudjet jamg‘armasida jami 12 712 mln so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib ushbu mablag‘lar ochiq byudjet portali orqali Tashabbus qoldirgan va elektron ko‘rinishda eng ko‘p ovoz to‘plagan tadbirlarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
Tashabbusli byudjetning 1 chi mavsumi bosqichiga joriy yilning 6 fevral kuni start berildi va mazkur tadbir 7 aprelga qadar davom etdi. Tashabbusli byudjet jarayoni 4 ta bosqichdan iborat bo‘lib bular quyidagilarni tashkil etdi:
Birinchi bosqichda 6-26 fevral oralig‘ida shahrimiz fuqarolar tomonidan jami 167 ta o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarini “Tashabbusli byudjet” portaliga tashabbus sifatida joylashtirishdi.
Ikkinchi bosqichda komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan tashabbuslarni Nizom talablari asosida saralanib bildirilgan 167 ta tashabbuslarning barchasi birma bir o‘rganib chiqilib, shundan 157 tasi komissiya a’zolari tomonidan saralab olindi va uchinchi bosqichga o‘tqazildi. Mazkur 157 ta taklifning umumiy qiymati 81.0 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Uchinchi bosqichda “Ochiq byudjet” portali orqali elektron ko‘rinishda o‘zlarini qiziqtirgan tashabbusla-rini amalga oshirish uchun ovoz to‘plash jarayoni amalga oshirildi va eng ko‘p ovoz to‘plagan 13 ta yoki 12.500 mln so‘mlik taklif loyixalar avtomatik ravishda goliblikni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ117-sonli qaroriga asosan Qo‘qon shahrida xar bir loyixa 2 ming donadan ortiq ovoz to‘plagan lekin g‘olib bo‘lmagan 3 ta takliflarni moliyalashtirish uchun 2 650 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.