Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5072 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq Budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5250-sonli qaroriga asosan Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 2022 yil “Tashabbusli Budjet” jarayonining 1-bosqichi davomida shahar mahalliy Budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 1185,0 mln.so‘m, Budjet mablag‘larining 5% qismining 2.5% qismi jamg‘arma uchun ajratilishi hisobiga 6937,1 mln.so‘m 2022 yil boshiga qoldiq 2.2 mln.so‘m jami 8124,1 mln.so‘m mablag‘lar shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida 2022 yil “Tashabbusli Budjet” jarayonining 1-bosqichi 1 fevraldan boshlab 22 fevral gacha 20 kun davomida fuqarolar tomonidan 140 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, Shundan 2-bosqichi 23 fevral kunidan 4 martgacha 10 kun davomida kelib tushgan takliflar saralab olinib 18 ta taklif ishchi komissiya tomonidan nizom talablaridan kelib chiqib rad etilgan hamda 122 ta takliflar ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan.

3-bosqich ovoz berish jarayoni 5 martdan 2 aprel’ kunigacha qadar davom etib, 122 ta tashabbuslar uchun fuqarolar tomonidan jami 23890 ta ovoz berilgan.

Umumiy xisobda Qo‘qon shahrida 2022 yil “Tashabbusli Budjet” jarayonining 1-bosqichi natijalari bo‘yicha jami 8349,0 mln.so‘mlik 14 ta taklif “g‘olib” deb topilgan.

Mazkur tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli dastur asosida xar bir g‘olib taklif uchun ya’ni 1 ta g‘olib taklif Shahar Axborot kutubxona markaziga va 13 ta g‘olib taklif shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga xar bir loyiha uchun alohida shaxsiy g‘azna xisobvaraqlari ochilib belgilangan tartibda mablag‘lar ajratib berilgan. Bugungi kundan manzilli dastur asosida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Qo‘qon shahar moliya bo‘limi mudiri – L.Mamadjanov

Click to listen highlighted text!