Fri. Apr 19th, 2024

“Soliqchi tadbirkorga-ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qo’qon shahar DSI boshlig’i Qobiljon Abdullayevning HISOBOTI.

Habaringiz bor joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari  yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi  xodimlari  tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o’rganilib, ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

 

Xususan, 2022 yil aprel oyi davomida Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi  xodimlari tomonidan 766 nafar   tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o’rganildi. O‘rganishda  750 nafar  tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteryasini yuritishga,  qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha soliq to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.

 

Biz soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
из.