Fri. Mar 29th, 2024

Yaqindagina o‘z lavozimiga taynlangan Konstantin Obolenskiyni Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘rda maydonida kutib oldi. Tanishuv, iltifotlar va samimiy tilaklardan so‘ng Marufjon Usmonov yuqori martabali mehmonni O‘rda maydoni bo‘ylab, Xudoyorxon O‘rdasiga boshlab bordi. Yo‘l-yo‘lakay Qo‘qon shahrining boy madaniyati va tarixi, Xalqaro hunarmandchilik festivali. Qo‘qon shahrining turistik salohiyati xususida so‘zlab berdi.

 

Xudoyorxon O‘rdasida mehmonlar 19 asrning muazzam va muhtasham obidasining betakror arxitekturasi, Qo‘qon xonlari hayotidan sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar.