Sat. Apr 20th, 2024

Shahrimizning 12- Noib Ko‘prigi MFYda shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov qishki mavsumga tayyorgarlik va ijtimoiy masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbat olib bordi.

Uchrashuvda shahar hokimi mahalla axlini shahrimizda barcha sohalarda aholi farovonligini yuksaltirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, oldinda turgan rejalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Fuqarolarning turli muammolarini tinglab, ularni xal etish yuzasidan tadbirda ishtirok etayotgan kommunal idoralar va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Xuddi shunday uchrashuv 11-mahallada ham o‘tkazildi. Bu yerda shahar hokimi ishtirokchilarga so‘nggi paytlarda shahrimizning 20 mahallasiga gaz o‘tkazilganini, bugungi kunga kelib faqat 5 ta mahallada gaz ta’minotida muammolar borligi va ularni xal qilish bo‘yicha rejali ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Aholiga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishda mahallaga mas’ul mutasaddilarni tayinladi.