Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 16-“Degrezlik” mahallasi hududida joylashgan “Sux mozor” va 9-“Qalandarxona” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan “Yalongoch ota” ziyoratgohlarini kapital ta’mirlash va obodonlashtirish, ziyorat maskanlari yaqinida zarur turizm infrastrukturasi ob’ektlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Obodonlashtirish ishlari boshlanishi munosabati bilan qurbonlik qilinib, el-yurtga tinchlik, shahrimizga rivoj tilab Qur’on o‘qildi.