Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Nazm va navo” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi M.Ibragimova hamda maktab o‘quvchilari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Alisher Navoiy g‘azallari hamda g‘azallaridan tashkil topgan qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Tadbirda Milliy gvardiya xarbiy qismdan ham mehmonlar tashrif buyurdilar va tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga Milliy gvardiya xarbiy qismining tashakkurnomalari topshirildi.