Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” dasturiga tushgan 62-“Shikorbegi” mahallasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.
Shahar hokimi qurilishi tugallanmagan ob’ektlarning qurilishini nihoyasiga yetkazish, mahalla hududida tabiiy melioratsiya tizimini barpo etish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr tizimlarini tartibga keltirish, ta’mirlash va yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.