Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Maufjon Usmonov huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan fosh etilgan poraxo‘rlik jinoyatlari xususidagi xujjatli fil’m namoyish etildi. Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, yig‘ilish ishtirokchilarini halollikka, ogohlikka chaqirdi.

 

Mavzu doirasida o‘zlarining fikr-mulohazalarini shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, shahar IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Farxodjon Hasanovlar ham bildirib, jinoyat sodir etishdan ogoh bo‘lishga chaqirdilar.