Tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, maktab pedagogik jamoasi, bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, davlat ta’limi qatori nodavlat ta’lim dargohlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shahrimizga davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng bo‘layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari xususida ma’lumot berdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar, remarkalar tadbirda ishtirok etgan yuzlab tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.
Tadbir so‘nggida yuqori bilim ko‘rsatkichlari tufayli maktab grantlariga ega bo‘lgan yoshlarga Sertifikatlar Qo‘qon shahar hokimi hamda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.