Mon. Mar 4th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 4-maktabda o‘qituvchilar, ushbu hudud mahalla mutasaddilari bilan muloqot qilib, bu yerdagi ta’lim samaradorligi, o‘quvchilar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ota-onalar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik masalalarini tanqidiy nuqtai nazardan muhokama etdi.

Ayni paytda shahrimizdagi barcha maktablar Qo‘qon shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar maktab jamoasi, mutasaddilar ishtirokida muhokama etilib, ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Marufjon Usmonov pedagoglar, ishchi guruh a’zolarining fikr-mulohazalarini tinglab, maktabda yangi o‘quv binosi barpo etish imkoniyatlarini o‘rganish, maktabda yetishmayotgan o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, Ota-onalar kengashi bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahalla mutasaddildarining faolligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.