Ayni paytda bolalar bog‘chasida Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida “Xalq banki” aksiyadorlik jamiyati homiyligida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Binolarning tashqi fasadi ta’mirlanib, oqova tarmoqlari yangilanmoqda, bog‘cha devorlari, bolalar maydonchalarini ham mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Qo‘qon shahridagi 30 ta ta’lim muassasasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.