Thu. Feb 9th, 2023

5-musiqa va san’at maktabida shahrimizda istiqomat qilayotgan yigirmaga yaqin millat va elat vakillari ishtirokida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik-tinchlik va osoyishtalik garovi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan barcha millat va elatlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, milliy madaniyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

Konsert dasturida turli millat va elatlarning kuy-qo‘shiqlari, raqslari namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etildi.