Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov teri-poyabzal klasteri tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Shahar hokimi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib korxona rahbariyati bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Marufjon Usmonov korxonani rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqib, korxona negizida texnopark tashkil etish yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, kasanachilik asosida ishlab chiqarish jarayoniga hunarmanddarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.