Taqdimot marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Xanshin Enjiniring end Konstrakshn qurilish kompaniyasi mutasaddilari, taqdimot marosimiga taklif etilgan mehmon – O‘zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa’diev, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrini 2020-2024 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida quriladigan ko‘pqavatli uylar mavzesi davlatimiz rahbari tomonidan aholining ijtimoiy hayotini, uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ilohotlarning amaldagi ifodasi bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xanshin kompaniyasi vakillari taqdimot marosimi ishtirokchilarini shou rumda taqdim etilgan Xanshin park siti maketlari bilan taishtirib, qurilajak uylarning sifati, infratuzilma ob’ektlari xususida ma’lumot berdilar.